Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlar endi inson omilisiz o‘tkaziladi. Toshkent imtihon markazi ish boshladi

A A A
Haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlar endi inson omilisiz o‘tkaziladi. Toshkent imtihon markazi ish boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 dekabrdagi «Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-4913-son qaroriga ko‘ra, tadbirkorlik sub’ektlariga ham haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish huquqi berildi. Ushbu masalani tartibga solish bo‘yicha 2021 yil 4 mayda «Avtotransport vositasini boshqarish huquqi uchun haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlar o‘tkazish sohasiga xususiy sektor vakillarini jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 272-son Hukumat qarori ham qabul qilindi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2022 yil 26 yanvar kuni kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq vaziyatni tanqid qilgan edi. Prezidentimiz haydovchilarni tayyorlash hamda imtihon tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha ham mutasaddilarga bir qator topshiriqlar berdi.

Toshkent imtihon markazi - bu haydovchilik guvohnomasini olishga nomzodlar nazariy va amaliy test sinovlaridan iborat avtomatlashtirilgan imtihon kompleksi sanaladi. Uning afzalliklaridan biri shundaki, fuqarolar bilimini baholashda inson omili ishtirok etmaydi, butun jarayon avtomatlashtirilgan hamda shaffof faoliyat ko‘rsatadi.

Tadbirda so‘z olgan Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev endilikda haydovchilik guvohnomasini olishda korrupsion holatlarga chek qo‘yilishi haqida gapirib o‘tdi.

«Yaqindagina, aniqrog‘i shu yilning 26 yanvarida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Prezidentimiz tomonidan kuyinchaklik bilan aytilgan fikrlardan ham, menimcha, hamma xabardor bo‘lsa kerak. O‘sha yig‘ilishda davlatimiz rahbari haydovchilik guvohnomasini o‘qimasdan olish oddiy holga aylanib qolgani, avtomaktablar bu masalaga mas’uliyat bilan yondashmayotgani, buning oqibatida yo‘l-transport hodisalari soni kun sayin oshib borayotganini jiddiy tanqid ostiga oldilar. Bugun biz yig‘ilib, ko‘rishib turgan ushbu Toshkent imtihon markazi bevosita Prezidentimizning bu boradagi sa’y-harakatlari va islohotlari natijasi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bu kabi markazlarda imtihonlar to‘liq inson omilidan xoli tarzda, avtomatlashtirilgan elektron tizim orqali qabul qilinadi. Bu esa haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni topshirishi jarayonidagi korrupsion holatlarga chek qo‘yadi.

Bundan tashqari jarayonda xolislikni ta’minlash, korrupsiogen holatlarning oldini olish maqsadida Toshkent imtihon markaziga Buyuk Britaniyalik mutaxassis rahbar etib tayinlangani ham bejizga emas.

Endi tasavvur qiling, agar imtihon tizimi shaffof va adolatli bo‘lsa, faqat o‘qigan va yetarli malakaga ega fuqarolargina haydovchilik guvohnomasini olsayu, qolganlar yoppasiga imtihondan yiqilishni boshlasa, bu bizga nima beradi?

Birinchidan, bu teskari zanjir reaksiyasini hosil qiladi va avtomaktablarda ta’lim sifati oshishiga olib keladi. Chunki hozir avtomaktablar asosan narxning arzon va qimmatligi bo‘yicha raqobatlashmoqda xolos. Ko‘pchilik fuqarolarni ham avtomaktablar ma’muriyatini ham ta’lim sifati unchalik o‘ylantirayotgani yo‘q. Lekin endilikda imtihondan pul, tanish-bilish orqali bilan topshirishning imkonini qila olmagach, o‘z-o‘zidan o‘qishga majbur bo‘ladi, mas’uliyatsiz avtomaktablar esa yoki ishini yig‘ishtiradi, yoki va nihoyat sifatli ta’lim berishni boshlaydi.

Ikkinchidan, faqat yetarli bilim va malakaga ega haydovchilarga guvohnoma berilishni boshlagach, yo‘llarimizda ham haydovchilik madaniyati oshadi, yo‘l-transport hodisalari kamayadi. Chunki xohlaymizmi, yo‘qmi, aksariyat noxush holatlar aynan bilimsizlik ortidan yuzaga kelmoqda.

Xulosa qilib aytganda, ENDI PULI YOKI TANISHI BORLAR EMAS, FAQAT BILIMI BORLARGINA RULGA O‘TIRADI, YO‘LGA CHIQADI. Biz bundan boshqasiga rozi emasmiz va bunga yo‘l ham qo‘ymaymiz.

Biz imtihon jarayonini qat’iy nazorat ostida, inson omilidan xoli qilib olishni boshlaganimizdan keyin, imtihondan yiqiluvchilar soni ham ko‘p bo‘lishi tabiiy. Nimaga? Chunki hozir avtomaktablarda o‘qitish sifati juda past, bundan tashqari ming afsuslar bo‘lsinki, o‘qimasdan haydovchilik guvohnomasini olish xalqimizning ongiga shu darajada singib ketganki, birdaniga insonlar dunyoqarashini o‘zgartirish qiyin. Ko‘pchilik o‘qishning o‘rniga, tanish qidirishga tushib ketishi ham hech gap emas.

Shunga ko‘ra, bu kabi imtihon markazlari ish boshlagach, ijtimoiy tarmoqlarda imtihondan yiqilgan aholining noroziligi, e’tirozlari, yangi tizimning kerak emasligi haqida gap-so‘zlar ko‘p bo‘lishi mumkin va shaxsan biz bunga ruhan tayyormiz. Agar Prezidentimiz bu borada siyosiy iroda ko‘rsatmaganlarida edi, bunaqa revolyusion qadam qo‘ya olmagan bo‘lardik. Bunaqa keskin islohotlar esa doim ham barchaga yoqavermasligi mumkin, ayniqsa avvalgi tizimdan manfaatdor insonlarga.

Shuning uchun yana bir bor ta’kidlamoqchimanki, yangi imtihon markazlari bo‘yicha har qanaqa asosli e’tiroz va tanqidlar bo‘lsa, biz buni to‘g‘ri qabul qilamiz hamda xalqimizga, jurnalist va blogerlarga doim ochiqmiz. Ammo Sizlardan iltimos, asossiz, shunchaki eski korrupsion tizimni xohlab ko‘r-ko‘rona qilinadigan tanqidlarga og‘ir-bosiqlik va xolislik bilan munosabat bildirsalaringiz xursand bo‘lar edik», deya gapirib o‘tdi vazir o‘rinbosari.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, birgina 2021 yilning o‘zida 2 ming nafarga yaqin inson yo‘l transport hodisasida halok bo‘lgan. Bunda haydovchilarning yetarli malaka va bilimga ega emasligi, imtihon tizimining korrupsiyalashgani ham katta sabablardan biri hisoblanadi.

Yangi markazda OAV va blogerlarga imtihonlarni topshirish jarayoni qanday kechishi haqida so‘zlab berildi. Agar nomzod barcha nazariy savollarga to‘g‘ri javob bersa va amaliy bosqichdan muvaffaqiyatli o‘ta olsa, unga maxsus sertifikat beriladi. Keyin, ushbu sertifikat asosida fuqarolar Yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasida yoki davlat xizmatlari markazlarida haydovchilik guvohnomasini olishi mumkin.

Sertifikat olish uchun ro‘yxatdan o‘tish https://yim.uz saytida amalga oshiriladi.

Imtihondan o‘tish uchun talabgorlar ro‘yxatdan o‘tgan kundan boshlab keyingi 7 ish kuni ichida fayllarni yuklashi (hujjatlar ro‘yxati veb-resursda ko‘rsatilgan), kerakli kataklarni to‘g‘ri to‘ldirishi va imtihon sanasini tanlashi kerak.

Avtomatlashtirilgan sxema bo‘yicha amaliy imtihon o‘tkazish uchun “A“, “B“, “C“, “D“, “BE“, “CE“ va “DE“ toifali avtomobillar mavjud. Nogironligi bo‘lgan shaxslardan amaliy imtihon olish tegishli tibbiy ko‘rsatmalarga mos keladigan transport vositalarida amalga oshiriladi.

Tadbir doirasida ommaviy axborot vositalari va blogerlarga yangi tizimda haydovchilik imtihonini sinov tariqasida topshirib ko‘rish, shuningdek, Ichki ishlar vazirligining mas’ullariga o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berish imkoniyati taqdim etildi.

Haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlar endi inson omilisiz o‘tkaziladi. Toshkent imtihon markazi ish boshladi

Haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlar endi inson omilisiz o‘tkaziladi. Toshkent imtihon markazi ish boshladiHaydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlar endi inson omilisiz o‘tkaziladi. Toshkent imtihon markazi ish boshladiHaydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlar endi inson omilisiz o‘tkaziladi. Toshkent imtihon markazi ish boshladiHaydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlar endi inson omilisiz o‘tkaziladi. Toshkent imtihon markazi ish boshladiHaydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlar endi inson omilisiz o‘tkaziladi. Toshkent imtihon markazi ish boshladiHaydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlar endi inson omilisiz o‘tkaziladi. Toshkent imtihon markazi ish boshladiHaydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonlar endi inson omilisiz o‘tkaziladi. Toshkent imtihon markazi ish boshladi

Markaz o‘z faoliyatini ertaga, 4 fevral kunidan boshlaydi hamda fuqarolarimiz ushbu markazga kelib haydovchilik guvohnomasi uchun nazariy va amaliy imtihonlarni topshirishlari mumkin bo‘ladi. Bu hozircha birinchi markaz bo‘lib, 2022-2023 yillarda yurtimizning barcha hududlarida xuddi shunaqa imtihon markazlari ochiladi.

Kiritildi: 18:13 03.02.2022. O'qildi: 8669 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!