Bugun 8 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Haydovchilar diqqatiga! 10 noyabrgacha texnik ko‘rikka taqdim etilmagan transportlar ro‘yxati tuziladi

A A A
Haydovchilar diqqatiga! 10 noyabrgacha texnik ko‘rikka taqdim etilmagan transportlar ro‘yxati tuziladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Majburiy texnik ko‘rikka taqdim etilmagan avtotransport vositalarining hisobini yuritish, ularning holatini aniqlash, shuningdek foydalanishga yaroqsiz, utilizasiyaga topshiriladigan yoki realizasiya qilish maqsadida qismlarga bo‘linadigan transport vositalarini hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, 2019 yil 1 iyungacha:

majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkaziladigan transport vositalarining yagona elektron bazasi shakllantiriladi;

texnik ko‘rikdan o‘tkazilmagan transport vositalarini boshqarganlik holatlarini Ma’muriy amaliyot tizimida avtomatlashtirilgan tarzda qayd etish mexanizmi yaratiladi.

Nizomga muvofiq, Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limlari har yili 10 noyabrgacha texnik ko‘rikka taqdim etilmagan transportlarni ro‘yxatini tuzadi.

Texnik ko‘rikka taqdim etilmagan transport egalariga 20 noyabrgacha bildirishnomalar yuboriladi.

Shuningdek, 1 dekabrgacha oxirgi 3 yilda ko‘rikdan o‘tkazilmagan transport vositalarining ro‘yxati tasdiqlanadi hamda mazkur ro‘yxat asosida 31 dekabrgacha transport vositalari inventarizasiyadan o‘tkaziladi.

Inventarizasiya bo‘yicha transport egasiga quyidagi xabarnomalardan biri yuboriladi:

majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida;
davlat raqami va ro‘yxatdan o‘tganlik guvohnomasi yo‘qolganda, yangi raqam olish va ro‘yxatdan o‘tish to‘g‘risida;
transport yaroqsiz deb topilganida bir oyda uni ta’mirlab yaroqli holatga keltirib texnik ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida. Agar mazkur talab bajarilmasa transport hisobdan chiqariladi va 3 kunda uning egasiga bu haqda xabar beriladi.

Qalampir.uz

Kiritildi: 11:26 02.04.2019. O'qildi: 1587 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!