Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Haydovchi YPX xodimi bilan o‘zaro suhbatda avtomobil kabinasidan chiqishi shartmi?

A A A
Haydovchi YPX xodimi bilan o‘zaro suhbatda avtomobil kabinasidan chiqishi shartmi?

Qonunchilikka ko‘ra, YPX xodimi haydovchi yoki yo‘lovchilardan transport vositasi kabinasidan chiqishini faqat quyidagi hollarda talab qilishga haqli. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali eslatma berdi.

Unga ko‘ra:

transport vositasidagi texnik nosozlikni va yuk tashish qoidasi buzilganligini bartaraf etish maqsadida;

haydovchi transport vositasini mast holda boshqarayotgan deb hisoblashga yetarli asoslar mavjud bo‘lganda;

transport vositasining dvigatel va agregat qismlari raqamlarini ro‘yxatlash hujjatlarida yozilgan raqamlar bilan farq aniqlangan taqdirda bevosita haydovchi ishtirokida solishtirish maqsadida;

transport vositasiga tegishli hujjatlar yoki unda olib ketilayotgan yuk hujjatlari mavjudligini tekshirish zarurati yuzaga kelganda;

haydovchi yoki yo‘lovchi jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotganda;

haydovchining transport vositasi kabinasida bo‘lishi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga tahdid solishi mumkin bo‘lgan hollarda (haydovchining ruhiy holatiga, yoshiga, sezgirlik va e’tiborni susaytiradigan dori vositalari ta’sirida, yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan darajadagi charchoqlik va betoblik holatida, transport vositasini boshqara olishiga shubha bo‘lganda).

Jismoniy nuqsoni sababli haydovchining transport vositasi kabinasidan chiqish imkoniyati cheklangan holatlar bundan mustasno.

Yo‘l harakati qatnashchilari mazkur holatlardan tashqari transport vositasi kabinasidan chiqmasdan, YPX xodimi bilan o‘zaro munosabatga kirishishga haqli.

Kiritildi: 14:10 15.08.2020. O'qildi: 4881 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!