Bugun 21 fevral, 2025 yil, juma

КИР

Hatto Shols ham Maskni fashizmda aybladi

Hatto Shols ham Maskni fashizmda aybladi

GFR kansleri Olaf Shols Ilon Maskning "Germaniya uchun muqobil" (ADG) partiyasini qo‘llab-quvvatlashidan g‘azablanganini bildirdi va bu holatni jirkanch deb atadi.

Berlindagi saylovoldi tadbirlari doirasida Shols jurnalistlarga media magnatlarining Germaniya siyosatiga aralashuviga allaqachon ko‘nikib qolganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangilik shundaki, Mask butun Yevropadagi o‘ng-populistik partiyalar vakillarini qo‘llab-quvvatlamoqda. "Va bu haqiqatan ham jirkanch hamda butun Yevropa Ittifoqidagi demokratik rivojlanish uchun zararlidir," - deb ta’kidladi kansler.

Shols AQShning Germaniyani nasizmdan ozod qilish va demokratiyani qaror toptirish ishiga qo‘shgan hissasini alohida ta’kidlab o‘tdi. "Shuning uchun men Ilon Maskning o‘ng radikallar tarafini olgani, shuningdek, o‘tmishda nemislar tomonidan Yevropada ko‘plab yahudiylar va boshqa insonlarning qatl etilishiga nisbatan nomaqbul munosabat bildirganidan juda g‘azabdaman," - dedi kansler.

Kiritildi: 21:30 29.01.2025. O'qildi: 957 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!