“Hizbulloh”ning o‘ldirilgan yetakchisi Hasan Nasrullohning dafn marosimiga o‘n minglab odamlar keldi.
23 fevral kuni Bayrutdagi stadionda Hasan Nasrulloh va uning vorisi Hoshim Safiyiddinning dafn marosimi bo‘lib o‘tdi. Hoshim Safiyiddin 4 oktyabr kuni Bayrutga berilgan zarba natijasida halok bo‘ldi.
Yillar davomida omma oldiga chiqmagan Nasrulloh 2024 yil 27 sentyabr kuni 20 metr chuqurlikda joylashgan bunkerda “Hizbulloh”ning boshqa yetakchilari bilan uchrashuv o‘tkazayotgan edi. Isroil samolyotlari yig‘ilish joyiga 80 ga yaqin bomba tashladi, zarba oqibatida 30 ga yaqin odam halok bo‘ldi, "Hizbulloh" shtab-kvartirasi va yaqin atrofdagi bir qancha binolar vayron bo‘ldi.
"Hizbulloh"ning hozirgi bosh kotibi Naim Qosim tarafdorlarini guruhning qudratini namoyish etish uchun Bayrutdagi dafn marosimiga kelishga chaqirgan edi.