Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Harris AQShdagi prezidentlik saylovlaridan ikki hafta oldin Trampni fashist deb atadi

Harris AQShdagi prezidentlik saylovlaridan ikki hafta oldin Trampni fashist deb atadi

AQShdagi saylovchilar bilan uchrashuvda demokrat Kamala Harris o‘zining respublikachi raqibiga nisbatan verbal hujumlarini keskin kuchaytirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp tobora beqaror insonga aylanib bormoqda va mamlakatni boshqarishga yaroqsiz. "Men Donald Tramp Amerika farovonligi va xavfsizligiga tahdid deb hisoblayman", — dedi Harris. Tramp, o‘z navbatida, Harrisni demokratiyaga tahdid deb atadi.

Jurnalistning “Harris Trampni fashist deb hisoblaydimi”, degan savoliga u ikkilanmasdan “ha” deb javob berdi. U, shuningdek, Trampning sobiq ishonchli odamlari u AQSh Konstitusiyasini mensimasligini va boshqa hech qachon prezident lavozimiga o‘tirmasligi kerakligini aytganini eslatdi.

Hozirda so‘rovnomalar Tramp Xarrisdan biroz oldinda ketayotganini ko‘rsatmoqda. The Wall Street nashriga ko‘ra, hozirda saylovchilarning 47 foizi Trampni, 45 foizi esa Xarrisni qo‘llab-quvvatlashga tayyor. 25 millionga yaqin amerikalik prezidentlik saylovlarida allaqachon pochta orqali yoki ochiq saylov uchastkalarida ovoz bergan. Asosiy ovoz berish kuni 5 noyabrga belgilangan.

Kiritildi: Bugun 10:41. O'qildi: 435 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!