Buyuk Britaniya havo harakatini boshqarish tizimida 8-9 sentyabr kunlari 2100 dan ortiq reyslarning bekor qilinishiga yoki kechikishiga olib kelgan jiddiy uzilish harbiy samolyot tomonidan uzatilgan noto‘g‘ri ma’lumotlar tufayli yuzaga kelgan.
Bu haqda Financial Times nashri xabar bermoqda.
Nashrning xabar berishicha, qiruvchi samolyot Buyuk Britaniya Milliy havo harakati xizmatlariga noto‘g‘ri parvoz rejasi ma’lumotlarini uzatgan. Avtomatlashtirilgan parvoz rejasini qayta ishlash tizimi xatoni aniqlay olmadi. Zaxira tizimi ham tez orada ishlamay qoldi.
Uskunalarni tiklash uchun bir necha soat kerak bo‘ldi. Nosozlik tufayli aviakompaniyalar reyslarni bekor qilishga va qayta rejalashtirishga majbur bo‘lishdi, natijada yuz minglab yo‘lovchilar ayeroportlarda qolib ketishdi. Ba’zi hollarda qayta rejalashtirilgan reyslarni kutish 8-10 soatga yetdi. Buyuk Britaniya aviasiya tizimining to‘liq tiklanishi uchun ikki kun kerak bo‘ldi.
Hodisadan so‘ng, Buyuk Britaniya Fuqaro aviasiyasi boshqarmasi o‘z tekshiruvini boshladi. Uning natijalari olti oy ichida e’lon qilinishi rejalashtirilgan.