Bugun 29 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Har yili qanday qon tahlillari topshirish kerak?

Har yili qanday qon tahlillari topshirish kerak?

📌 Ushbu savolga Toshkent shahar tibbiy maslahat diagnostika markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Orifjon Aripov batafsil javob berdi.

🔬 — Har bir inson o‘z salomatligini nazorat qilib borishi uchun yil davomida bir nechta qon tahlillarini topshirishi kerak. Profilaktika maqsadida tavsiya etiladigan asosiy laborator qon tekshiruvlari quyidagilardan iborat:

🔢 Umumiy qon tahlili.

➡️ gemoglobin, leykositlar, trombositlar miqdori;
➡️ qon kamligi (anemiya), yallig‘lanishlar, infeksiya, immun tizimi holatini ko‘rsatadi.

🔢 Qon bioximiyasi tahlili.

➡️ qand miqdori (glyukoza) – diabet xavfi;
➡️ kreatinin va mochevina – buyrak faoliyati;
➡️ ALT, AST, bilirubin – jigar holati;
➡️ xolesterin va trigliseridlar – yurak-qon tomir xavflari;
➡️ umumiy oqsil, albumin – umumiy sog‘lik holatini tekshiradi.

🔢 Qon lipidlari profili (lipidogramma):

➡️ umumiy xolesterin;
➡️ past zichlikdagi xolesterin (LPNP);
➡️ yuqori zichlikdagi xolesterin (LPVP);
➡️ trigliseridlarni aniqlaydi.

✅ Shuningdek:

🔢 Qonda temir va ferritin tahlili:

🌡Anemiya va temir yetishmasligini aniqlash uchun kerak.

🔢 Qonda D vitamini (25(OH)D) tekshiruvi:

📎 Immunitet, suyaklar va umumiy tonus uchun zarur.

🔢 Vitamin B12:

🩺 Asab tizimi va qon yasalishi uchun muhim.

🔢 Qonda TTG (tireotrop gormon):

🔘Qalqonsimon bez faoliyatini baholaydi.

🔢Qo‘shimcha tahlillar (zarurat bo‘lsa):

➡️ gemoglobin A1c (HbA1c) – so‘nggi 3 oydagi qand miqdori (diabet uchun);
➡️ C-reaktiv oqsil (CRP) – yallig‘lanish darajasi;
➡️ qon guruhi va rezus-faktor (bir marta topshirish kifoya)ni tekshiradi.

‼️Unutmang: Qon tahlillarini o‘z vaqtida topshirmaslik sog‘liq uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Kiritildi: 16:27 26.05.2025. O'qildi: 913 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!