Bugun 20 fevral, 2025 yil, payshanba

КИР

Har o‘ninchi Germaniya fuqarosi qaramlikdan aziyat chekmoqda

Har o‘ninchi Germaniya fuqarosi qaramlikdan aziyat chekmoqda

Germaniyada narkotik va psixoaktiv moddalar iste’moli tobora xavotir uyg‘otmoqda. Nemis qaramlik masalalari markazi (DHS) eng katta xavf sifatida krek-kokain (chekiladigan kokain turi) va fentanil kabi sintetik opioidlarning keng tarqalishini ta’kidlamoqda. Shuningdek, alkogol, tamaki va boshqa psixoaktiv moddalar haddan tashqari miqdorda iste’mol qilinmoqda, shu jumladan, hozircha qaramlik rivojlanmagan odamlar orasida ham.

DHS ijrochi direktori Piter Rayzer ma’lum qilishicha, Germaniyada narkotik bilan bog‘liq o‘limlar tarixiy rekord darajaga yetgan, shuningdek, giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar soni ortib bormoqda.

Barcha xavotirlarga qaramay, Germaniyada qaramlikka chalingan insonlarga yordam ko‘rsatish uchun ajratiladigan mablag‘ kamaymoqda. Shu sababli ko‘plab maslahat markazlari xizmatlarini qisqartirish yoki umuman yopilishga majbur bo‘lmoqda.

DHS Germaniya hukumatidan qaramlik bilan kurashish uchun ajratiladigan mablag‘ni qonunchilik darajasida kafolatlashni talab qilmoqda, chunki hozircha bu yo‘nalishdagi xizmatlar qonun bilan mustahkamlanmagan.

Kiritildi: 23:35 29.01.2025. O'qildi: 963 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!