Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Har bir qadam xavfli": G‘azoda portlamay qolgan bombalar bolalar uchun o‘lim tuzog‘iga aylanmoqda!

"Har bir qadam xavfli": G‘azoda portlamay qolgan bombalar bolalar uchun o‘lim tuzog‘iga aylanmoqda!

G‘azodagi bolalar portlamay qolgan bombalardan qochishga o‘rgatilmoqda.

Urush qoldiqlari G‘azo bo‘ylab odamlar hayotiga tahdid solishda davom etmoqda. Portlamay qolgan o‘q-dorilar tinch aholi, ayniqsa bolalar uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Ko‘pchilik oyoq-qo‘llarini yo‘qotgan yoki og‘ir tan jarohati olgan.

Handicap International tashkilotining murabbiyi Neda Salama bolalarga bombalar va vayronalar orasida o‘zlarini xavfsiz tutishni o‘rgatmoqda.

"Biz ushbu loyiha orqali portlamay qolgan o‘q-dorilar xavfining oldini olishni maqsad qilganmiz - ayniqsa, o‘z uylariga qaytayotgan ko‘chib ketgan odamlar uchun," - dedi u Al Jazeera telekanaliga.

"Biz e’tiborimizni eng zaif guruh hisoblangan bolalarga qaratamiz. Ularga bu xavfli narsalarni ko‘rganda yoki ularga yaqinlashganda qanday harakat qilish kerakligini o‘rgatamiz."

Kiritildi: 23:24 06.03.2025. O'qildi: 802 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!