Bugun 19 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

“Hammasini to‘sib qo‘y!” aksiyasi: Fransiyada 1 milliondan ortiq odam norozilik namoyishlariga chiqdi

“Hammasini to‘sib qo‘y!” aksiyasi: Fransiyada 1 milliondan ortiq odam norozilik namoyishlariga chiqdi

Bu haqda Le Monde nashri ma’lum qildi.

Mamlakat aholisi hukumatning qattiq iqtisodiy tejamkorlik choralarini joriy etish rejasiga qarshi chiqmoqda, deya yozadi nashr.

“Hammasini to‘sib qo‘y!” shiori ostidagi namoyishlar Parij, Marsel, Tulon va boshqa shaharlarda bo‘lib o‘tmoqda. BFMTV ma’lumotiga ko‘ra, jami 230 ta miting qayd etilgan. Namoyishlarda 95 kishi polisiya tomonidan qo‘lga olingan.

Xabar berilishicha, bugun norozilik aksiyasi doirasidagi ish tashlashlar tufayli Eyfel minorasi yopilgan. Mamlakat bo‘ylab bir nechta maktab, shuningdek, dorixonalarning 90 foizi ishlamayapti. Bundan tashqari, 100 ga yaqin muassasa va ob’ekt to‘sib qo‘yilgan.

Kiritildi: 22:12 18.09.2025. O'qildi: 494 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!