Falastinning HAMAS harakati Isroil bilan kelishuv doirasida G‘azo sektorida besh yilga o‘t ochishni to‘xtatish taklifini tasdiqladi. Bu haqda harakat yetakchilaridan biri Abdul Rahmon Shadid ma’lum qildi.
"17 aprel kuni biz besh yil muddatga sulh tuzishni o‘z ichiga olgan bitim bo‘yicha o‘z tasavvurimizni taqdim etdik," - deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.
Shadidning ma’lum qilishicha, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu hukumati taklifni rad etgan va harbiy harakatlarni to‘xtatishdan bosh tortgan.
Shuningdek, HAMAS G‘azo bo‘yicha kelishuv tuzishga tayyorligini bildirgani ma’lum bo‘ldi.
Avvalroq AFP agentligi Falastin harakati G‘azoda besh yillik sulhga erishmoqchi ekani haqida xabar bergandi.