HAMASning harbiy qanoti — Izzaddin al-Qassom brigadasi yana ikki isroillik mahbusning jasadini Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi (XQXQ) vakillariga topshirganini ma’lum qildi.
Isroil armiyasi bayonotiga ko‘ra, Qizil Xoch guruhlari G‘azoda saqlanayotgan ikki isroillik mahbusning jasadini Qassom brigadalaridan qabul qilib olgan. Jasadlar keyinchalik G‘azodagi isroil kuchlariga topshiriladi.
Avvalroq HAMAS 14 nafar isroillik mahbusning jasadini Isroilga qaytargan edi.
Qassom brigadalari o‘zlarida bo‘lgan barcha jasadlar topshirilganini ma’lum qildi. Biroq ularning ta’kidlashicha, G‘azodagi vayronalar ostida qolgan ba’zi mahbuslar jasadlarini olib chiqish uchun maxsus uskunalar kerak.
Isroil tomoni esa HAMAS hali barcha jasadlarni topshirmaganini da’vo qilmoqda.