Hamas vakillari G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha AQSh vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib bormoqda.
Bu haqda Al-Jazeera xabar bermoqda.
Telekanalning HAMASdagi manbasi delegasiyalar nomini oshkor qilmasdan, muzokaralar “so‘nggi bir necha kundan beri davom etayotganini” davo qilmoqda.
Qayd etilishicha, maslahatlashuvlarda G‘azoga gumanitar yordam yetkazilishini qayta tiklash va o‘t ochishni to‘xtatish masalalari ko‘rib chiqiladi. Boshqa tafsilotlar berilmagan.