Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

HAMAS va Fatx urushdan keyingi G‘azoni boshqarish uchun qo‘mita tuzadi

 HAMAS va Fatx urushdan keyingi G‘azoni boshqarish uchun qo‘mita tuzadi

Falastinning ikki asosiy fraksiyalari Xamas va Fatx Qohirada bo‘lib o‘tgan muzokaralar doirasida urushdan keyingi G‘azo sektorini boshqarish bo‘yicha qo‘mita tuzishga kelishib oldi, deb xabar qilmoqda mahalliy OAV muzokarachilarga tayanib.

Xabarlarga ko‘ra, kelishuv ta’lim, sog‘liqni saqlash, iqtisod hamda eksklavni qayta tiklash va yordam ko‘rsatishni yanada boshqarish uchun aksariyati G‘azodan bo‘lgan 10-15 nafar siyosiy mustaqil texnokratlardan iborat qo‘mita tashkil etishni nazarda tutadi.

Noyabr oyida Falastinning HAMAS harakati, agar qo‘mita mintaqadagi vaziyatni to‘liq nazorat qilib, kundalik hayotning barcha jabhalari bilan shug‘ullansa, G‘azo sektorini boshqarish uchun qo‘mita tuzish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini e’lon qildi.

«Bu taklif misrlik birodarlarimizdan kelgan. Biz bunga ijobiy javob berdik, biroq shart qo‘ydik: G‘azo sektori boshqaruvi butunlay mintaqaviy bo‘lishi kerak», — dedi harakat.

Kiritildi: 07:56 05.12.2024. O'qildi: 694 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!