Falastinning HAMAS harakati AQSh prezidenti Donald Trampga garovga olingan isroilliklarning yarmini ozod qilish sharti bilan shaxsiy maktub tayyorladi - buning evaziga 60 kunlik o‘t ochishni to‘xtatishni kafolatlash taklif qilinmoqda. Bu haqda Fox News o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, maktub hozir qatarlik vositachilarda. U «shu haftadayoq» Oq uy rahbariga yetkazilishi kutilmoqda.
O‘tgan shanba kuni HAMAS harbiy qanoti garovga olingan 47 kishining suratini e’lon qilib, Isroil armiyasining G‘azodagi operasiyasi munosabati bilan «ular bilan xayrlashishga» chaqirdi. Ular deyarli ikki yildan beri tutqunlikda saqlanmoqda.