Bugun 6 fevral, 2025 yil, payshanba

КИР

Hamas G‘azoni qayta qurishda Rossiyadan yordam so‘radi

Hamas G‘azoni qayta qurishda Rossiyadan yordam so‘radi

Falastinning HAMAS radikal harakati yetakchilari Rossiya G‘azo sektorida tartib o‘rnatishga yordam beradi, deb umid qilmoqda. Bu haqda XAMAS yetakchisi Sami Abu Zuhriga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.

"Umid qilamizki, Rossiya rahbariyati G‘azoni qayta qurish jarayonida muhim rol o‘ynaydi va bu hududni G‘arb tomonlar g‘amxo‘rligida qoldirmaydi", - deya ta’kidladi harakat vakili.

Sami Abu Zuhriyning fikricha, Rossiya G‘azo va umuman Falastindagi vaziyat bilan bog‘liq holda bu bosqichda asosiy rolga ega bo‘ladi . Uning qayd etishicha, Rossiyaning bu jarayonlarga qo‘shilishi mintaqada kuchlar muvozanatini yaratadi. Abu Zuhriy XAMAS Rossiyaning umumiy va ayniqsa urush davridagi pozisiyasini yuqori baholaydi, degan xulosaga keldi.

Kiritildi: 02:51 20.01.2025. O'qildi: 1872 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!