"Qurolli qarshilik milliy huquqlarimiz to‘liq tiklanmaguncha va birinchi navbatda, poytaxti Quddus bo‘lgan mustaqil va to‘laqonli suveren Falastin davlati tashkil etilmagunicha to‘xtamaydi", deya HAMASning bayonotidan iqtibos keltirdi Al Arabiya telekanali.
HAMAS, shuningdek, Uitkoffning G‘azo sektoridagi aholiga insonparvarlik yordami tarqatish markaziga tashrifini tanqid qilib, buni "jamoatchilik fikrini chalg‘itishga qaratilgan oldindan tayyorlangan teatr spektakli" deb atadi. HAMAS AQShni G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish, Isroil qo‘shinlarining sektordan olib chiqilishi, anklavdan qamalni olib tashlashda rol o‘ynashga chaqirdi.
Avvalroq, AQSh prezidentining Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff HAMAS qurollarini tashlashga tayyorligi haqida aytgan edi. Shu bilan birga, Uitkoff HAMAS bilan garovga olinganlar bo‘yicha muzokaralardagi muvaffaqiyat haqida xabar beradigan hech narsa yo‘qligini aytgandi.