G‘azoda ko‘p yillardan beri hokimiyatni qo‘lida ushlab turgan Hamas guruhiga qarshi norozilik namoyishlari to‘satdan boshlandi. Aholi ko‘chalarga chiqib: “Alloh nomi bilan, Xamas, chiqinglar! Biz yashashni xohlaymiz”, deb hayqirmoqda. Mitinglar aks etgan videolavhalar arab telekanallari, jumladan, Al-Hadath tomonidan chop etilmoqda.
Isroilning i24 kanaliga ko‘ra, norozilik namoyishlari mahalliy klan rahbarlari tomonidan chaqirilgan. Ular “xalq qo‘zg‘oloni” va XAMAS boshqaruviga chek qo‘yishni talab qilmoqda. Ko‘chalarda, isroillik jurnalistlar ta’kidlaganidek, so‘nggi paytlarda jangarilar ko‘pincha yuzlarini yopish uchun ishlatadigan falastinlik ro‘mollar kamaygan.
Namoyishchilar XAMASni gumanitar yordamni o‘g‘irlashda va uni oshirib yuborilgan narxlarda sotishda ayblamoqda.
“Biz katta narx to‘ladik va uni kundan-kunga to‘lashda davom etamiz.“Rahbarlar bizni tashlab ketishdi, ochlikdan o‘limga qoldirib, qonimiz bilan savdo qilishda davom etishdi”, dedi namoyishchilardan biri.
Isroil avvalroq garovga olish bo‘yicha muzokaralarda Xamasga bosimni kuchaytirish uchun G‘azo sektoriga insonparvarlik yuklarini yetkazishni cheklagan edi.