HAMAS butun dunyo odamlarini Falastin xalqini qo‘llab-quvvatlash va birdamlikni «kuchaytirishga» va G‘azodagi genosidga chek qo‘yishga chaqirdi.
29 noyabrga belgilangan Falastin xalqi bilan xalqaro birdamlik kuni munosabati bilan qilgan bayonotida HAMAS huquq guruhlari va xalqaro hamjamiyatni Isroilga G‘azoga qilayotgan halokatli hujumi va tajovuzini to‘xtatish uchun bosim o‘tkazishga chaqirdi.
Shuningdek, ishg‘ol qilingan G‘arbiy Sohil, Sharqiy Quddus va Isroildagi falastinliklarni Isroil ishg‘oliga qarshi «har qanday qarshilik ko‘rsatishni» kuchaytirishga chaqirdi.