Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

HAMAS: Biz tinchlikka tayyormiz, Isroil esa urushni davom ettirmoqda

HAMAS harakati G‘aza sektorida besh yillik otashkesim va asirlar almashinuvi bo‘yicha kelishuv tuzishga tayyor ekanini yana bir bor qat’iy ta’kidladi. Harakat yetakchilaridan biri Abdul Rahmon Shadidning aytishicha, barcha zarur taklif va shartlar 17 aprel kuni rasman Isroil tomoniga yetkazilgan, endi esa qaror qabul qilish faqat Tel-Aviv zimmasida.

> “Biz tinchlikka intilyapmiz. Biz asirlarni almashtirish, urushni to‘xtatish va xalqimizga tinch hayot yaratish uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlarni taklif qildik. Lekin Isroil kelishuvdan yuz o‘girdi. Muzokaralar muvaffaqiyatiga ularning qarshiligi to‘siq bo‘lmoqda,” — dedi Shadid Al Jazeera efiri orqali.

HAMAS taklifiga ko‘ra, besh yillik otashkesim xalqaro va mintaqaviy kafolatlar bilan mustahkamlanishi kerak. Bu nafaqat G‘azodagi tinch aholi xavfsizligini ta’minlaydi, balki mintaqadagi keng ko‘lamli barqarorlikka yo‘l ochadi.

Shu bilan birga, harakat ta’kidladiki, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning hukumati tinchlik taklifini rad etib, urushni davom ettirishni afzal ko‘rmoqda. Buning natijasida tinch aholi aziyat chekmoqda, infratuzilma vayron bo‘lmoqda va insonparvarlik inqirozi yanada chuqurlashmoqda.

Kiritildi: 21:58 02.05.2025. O'qildi: 517 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!