Al Hadath telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, harakat vakillari Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff va uning kuyovi Jared Kushnerga o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuv amalda bekor bo‘lganini aytgan, chunki Isroil uni tizimli ravishda buzmoqda.
HAMASning Telegram-kanalida e’lon qilingan bayonotida aytilishicha, Isroil armiyasi qo‘shinlarni G‘azo sektoridan chiqarishning birinchi bosqichida tomonlar kelishgan "sariq chiziq"dan tashqarida ham o‘z nazorat hududini kengaytirishga urinmoqda.