25−27 noyabr kunlari harorat asosan kechalari +2…+7, kunduz kunlari +15…+20 daraja, janubda kechalari +7…+12 daraja, kunduz kunlari +17…+22 daraja atrofida bo‘ladi. Faqat Qoraqalpog‘istonda sovuq ob-havo saqlanib turadi, harorat kechalari −2…−7 daraja bo‘ladi, kunduz kunlari esa harorat +7…+12 darajadan oshmaydi.
Haftaning ikkinchi yarmida O‘zbekiston hududiga nam havo kirib kelishi boshlanadi. 28−29 noyabrda respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va 28 noyabrda Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida quruq ob-havo saqlanib turadi.