Bugun 24 may, 2025 yil, shanba

КИР

Hafta davomida yog‘ingarchiliksiz iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

A A A
Hafta davomida yog‘ingarchiliksiz iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Bu hafta davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha kuzning birinchi oyi uchun xos bo‘lgan quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘ladi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.

Haftaning birinchi yarmida respublika bo‘ylab asosan kam bulutli ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Haftaning ikkinchi yarmida havo bulutli bo‘ladi, lekin hududning katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ish haftasining eng oxirida - 29 sentyabr kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.

Shamol sharqdan birozdan o‘rtachagacha esadi.

Kechalari va ertalabki soatlarda harorat +12...+17 daraja atrofida nisbatan salqin bo‘ladi, kunduz kunlari esa quyosh nurlari havoni +25...-+30 darajagacha, ba’zi joylarda +32 darajagacha isitadi.

Tog‘li hududlarda ayrim kunlarda jadalligi asosan biroz bo‘lgan yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Poytaxtda 25-29 sentyabr kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutimaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari +13...+16 daraja, kunduz kunlari +25...+28 daraja bo‘ladi.

Kiritildi: 11:55 25.09.2023. O'qildi: 1529 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!