Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Haddan tashqari issiq tufayli Parijda 100 dan ortiq o‘lim holati qayd etildi

Haddan tashqari issiq tufayli Parijda 100 dan ortiq o‘lim holati qayd etildi

Fransiya poytaxti Parijda kecha haddan tashqari issiq havo tufayli 109 kishi halok bo‘lgani bildirilmoqda.

Bu raqamga faqat uylarida va jamoat joylarida vafot etganlar kiritilgan bo‘lib, qariyalar uylari va shifoxonalardagi o‘lim holatlari bundan mustasno.

Anomal issiq ob-havo hukm surayotgan Parijda shifoxonalar "favqulodda yordam rejasi"ni ishga tushirdi. Fransiyada favqulodda vaziyatlarda sog‘liqni saqlash muassasalarida faollashtiriladigan ushbu rejaga ta’tildagi xodimlarni ishga chaqirish, shifoxonalardagi o‘rinlar sonini ko‘paytirish va shoshilinch bo‘lmagan jarrohlik amaliyotlarini qoldirish kabi choralar kiradi.

Parij va uning atrofidagi hududlarni o‘z ichiga olgan 37 ta departamentda (provinsiyada) qizil, 48 tasida esa haddan tashqari issiq sababli to‘q sariq darajadagi xavf e’lon qilindi.

Kiritildi: 23:57 28.06.2026. O'qildi: 749 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!