Bugun 13 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Haddan tashqari issiq tufayli Avstraliyada 300 ming gektardan ortiq o‘rmon yonib ketdi

Haddan tashqari issiq tufayli Avstraliyada 300 ming gektardan ortiq o‘rmon yonib ketdi

Avstraliyaning Viktoriya shtatida g‘ayritabiiy issiqlik oqibatida chiqqan yong‘in 300 ming gektardan ortiq o‘rmon maydonini kulga aylantirdi. Bu haqda Guardian xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, tabiiy ofat yana bir necha hafta davom etishi mumkin.

Avvalroq Viktoriya shtatidagi o‘rmon yong‘inlari natijasida bir kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Bundan tashqari, yuzlab odamlar uysiz qolgan. Jabrlanganlarga yordam berish uchun Avstraliya federal hukumati va Viktoriya shtati hukumati birgalikda 19,5 million Avstraliya dollari (taxminan 13 million AQSh dollari) miqdorida moliyaviy yordam ajratdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Viktoriya hududidagi o‘rmon yong‘inlari tufayli kamida 119 ta bino vayron bo‘lgan va 300 ming gektardan ortiq o‘rmon yonib ketgan. Hozirda shtat yong‘inlarni o‘chirish uchun kurashmoqda.

Shuningdek, shanba kuni tushdan keyin shtat bo‘ylab 67 ta o‘chirilmagan yong‘in o‘chog‘i ro‘yxatga olingani, ulardan 10 tasi nazoratsiz tarqalishda davom etgani haqida xabar berilgan.

Kiritildi: 22:27 12.01.2026. O'qildi: 337 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!