Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Habibning "UFC"ga qaytayotgani rostmi?

Habibning "UFC"ga qaytayotgani rostmi?

Engil vaznda sobiq UFC chempioni Habib Nurmagomedov jamoasidagi afsonaviy do‘sti Daniel Kormyening fikriga munosabat bildirdi.

Ikki vaznda sobiq UFC chempioni hisoblangan Kormye agar Charlz Oliveyra chempionlik jangida Islam Maxachevni mag‘lub etib qo‘ysa, Habib oktanonga qaytishi mumkinligi haqida gapirgan edi.

"Di Si har doim turli o‘yinlarni boshlagan va hozir ham shunday qilyapti. Albatta, vaziyatga real qarasak, bu muxlislar uchun ajoyib yangilik bo‘lar edi. Aqlbovar qilmas drama, lekin men Islamni kimdir yutib qo‘ysa, o‘sha paytdagi emosional holatim qanday bo‘lishini tasavvur ham qila olmayman", - dedi Habib.

"Men Islam bilan bolalikdan otamning qo‘l ostida chamasi 20 yil mashg‘ulot o‘tkazdik. Keyin birgalikda havaskor faoliyatimiz boshlandi. Navbati bilan professionalga o‘tdik. Shu o‘tgan 20 yil davomida biz greppling, sambo va aralash yakkakurash bo‘yicha doimiy tarzda raqobatlashib keldik. Islamni mag‘lub etishga chog‘langan 300 nafardan ziyod sportchini ko‘rdim. Urinishlarning bari chippakka chiqqan. Shu boisdan ham, agar Charlz Islamni mag‘lub etsa, biz uning mahoratiga tan beramiz. Albatta, bu holat ro‘y bersa, men o‘zimni yomon his qilaman. Ammo, Kormyening bu gaplari Habib shunday holatda oktagonga qaytishiga xizmat qilmaydi".

Shuningdek, Habib Nurmagomedov Islam Maxachev va Charlz Oliveyra o‘rtasidagi ehtimoliy jangning Abu-Dabi yoki Rio-de-Janeyroda o‘tkazilish variantiga ham to‘xtatlib o‘tdi.

"Charlz va Islam zrtasida vakant qolgan chempionlik kamari uchun jang o‘tkazilsa, adolatdan bo‘lar edi. Ochig‘ini aytaman, agar jang manzilini belgilashni menga qo‘yib berishsa, Braziliyani tanlagan bo‘lar edim. Islam Charlz Oliveyrani uning vatanida mag‘lubiyatga uchratishini xohlayman. Chempionning vataniga borib, kamar bilan ortga qaytish bu so‘z bilan tasvirlab berilmaydigan hissiyotlarni taqdim etadi. Bu jang haqida yaqin 50 yil davomida gapirishadi, muhokama qilishadi. Ishonchim komil, bu Islamga ham yoqadi".

"Keyin UFC dekabr oyida Braziliyada katta shou o‘tkazmoqchi ekanini eshitdim. Bu bizga ham ma’qul keladi. Charlz Oliveyraning murabbiyi "Braziliyaga kelinglar", deganmidi. Bu borada bizda muammo yo‘q. Islam Braziliyaga boradi va Charlzdan o‘ziga tegishli bo‘lgan narsani olib, uyga qaytadi", - deya so‘zlariga yakun yasadi Nurmagomedov.

Kiritildi: 02:00 20.05.2022. O'qildi: 3895 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!