UFCning yengil vazn toifasidagi sobiq chempioni Habib Nurmagomedov Krishtianu Ronalduning Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashiga munosabat bildirdi.
"Boringni berganingdan keyin keraksizga aylanasan. Yaxshilar bor, eng yaxshilarning eng yaxshilari ham bor. Ronaldu ana shunday buyuklar qatoriga kiradi.
Bunday darajadagi insonlarning fikrlash tarzini boshqalar tushunishi qiyin.
Uning futbolga qo‘shgan hissasini bir og‘iz so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi. Shuningdek, borini bag‘ishlagan jamoalari unga qanday munosabatda bo‘lganini ham so‘z bilan ifodalash qiyin", — deb yozdi Nurmagomedov ijtimoiy tarmoqlarda.