Ispaniya chempionatining 11-turida Madridning "Real" klubi «Valensiya»ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu bahsda «qaymoqranglilar»ning turkiyalik yarim himoyachisi Arda Gyuler ham maydonga tushdi.
Bu uchrashuv Gyuler uchun «qirollik klubi» safidagi 75-o‘yin bo‘ldi. Diario AS nashri ma’lumotiga ko‘ra, ushbu bellashuvdan so‘ng Madridning "Real" klubi «Fenerbaxche»ga 2 million yevro bonus to‘laydi.
Eslatib o‘tamiz, Gyuler 2023 yil yozida Madridning "Real" klubiga qo‘shilgan edi. Shundan beri u 75 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 17 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Futbolchining shartnomasi 2029 yilning yozigacha amal qiladi, uning bozor qiymati esa 60 million yevro deb baholangan.