Bugun 28 noyabr, 2025 yil, juma

КИР

Gvineya-Bissauda davlat to‘ntarishi natijasida hokimiyatni egallagan harbiylar prezidentni lavozimidan chetlatdi

Gvineya-Bissauda davlat to‘ntarishi natijasida hokimiyatni egallagan harbiylar prezidentni lavozimidan chetlatdi

Harbiylar mamlakat prezidenti Umaru Sisoku Embaloni hokimiyatdan ag‘darganini e’lon qildi va barcha siyosiy institutlar, shuningdek, dengiz, havo va quruqlikdagi chegaralarni vaqtincha yopdi. Shuningdek, mamlakatda ijtimoiy tarmoqlar faoliyati cheklandi.

Harbiylarning ma’lum qilishicha, ular “Tartibni tiklash bo‘yicha Oliy harbiy qo‘mondonlik”ni tuzgan va maxsus ko‘rsatma berilgunga qadar Gvineya-Biscauni boshqaradi.

Harbiylar o‘z harakatlarini "saylov natijalarini manipulyasiya qilish va mamlakatni beqarorlashtirish rejasi aniqlangandan so‘ng majburiy chora" sifatida izohlamoqda. Ularning ma’lumotiga ko‘ra, bu rejada ayrim siyosatchilar va narkotik bozorlar vakillari, shuningdek xorijiy shaxslar ishtirok etgan.

23 noyabr kuni mamlakatda prezidentlik va parlament saylovlari bo‘lib o‘tgan, ammo rasmiy natijalar 27 noyabrgacha e’lon qilinishi kutilayotgandi. Ham amaldagi prezident Embalo, ham uning asosiy raqibi Fernandu Diash de Koshta o‘zini g‘olib deb e’lon qilgan, bu esa siyosiy beqarorlikni yanada kuchaytirgan.

Kiritildi: 22:15 27.11.2025. O'qildi: 272 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!