«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola iste’foga chiqqan taqdirda uning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan murabbiylar nomi ma’lum bo‘ldi.
Nomzodlar orasida «Jirona» bosh murabbiyi Michel Sanches Gvardiolaning o‘rnini bosish uchun asosiy da’vogar sifatida qaralmoqda. 49 yoshli ispaniyalik mutaxassis City Football Group’ga qarashli ushbu klubni boshqarayotgani, qolaversa «Jirona» prezidenti Pepning ukasi Pere Gvardiola ekanligi bilan bog‘lanmoqda.
Shuningdek, nomzodlar orasida Xabi Alonso va hozirda «Bavariya»ni boshqarayotgan «Siti»ning sobiq sardori Vensan Kompani ham o‘rin olgan.
Ma’lumot uchun, «Manchester Siti» so‘nggi 11 o‘yinda 2 durang, 8 mag‘lubiyat qayd etib, faqat bir marta g‘alaba qozondi.