Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2-kurs talabasi 3-qavatdan tushib ketgan. Qiz xonadosh dugonalari bilan o‘zaro kelishmovchilik sabab o‘zini pastga tashlagan. Manbalarga ko‘ra voqea 12 dekabr kuni soat 22:00 lar atrofida institutga qarashli 3-sonli talabalar turar joyida sodir bo‘lgan. O‘zini pastga tashlagan talaba qiz institutning jismoniy madaniyat fakulteti xotin-qizlar sporti yo‘nalishining 2-bosqich talabasi bo‘lgan. Bunga talabaning xonadosh dugonalari bilan o‘zaro kelishmovchiligi sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Baxtsiz hodisadan so‘ng talaba zudlik bilan Qo‘qon shahar tez tibbiy yordam bo‘limga olib borilgan. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, jonlantirish bo‘limiga joylashtirilgan.