U "Suriyada yuz bergan voqealar davomida hech qachon" iste’foga chiqish yoki mamlakatdan qochish imkoniyatini ko‘rib chiqmaganini ma’lum qildi. Asad qurolli muxolifat hujum qilgan kunlarda siyosiy boshpana so‘rashni xayoliga ham keltirmagan.
“8 dekabr kuni ertalabgacha Damashqda qoldim. Men u yerdan ishlashni davom ettirish uchun Xumeymim bazasiga ko‘chib o‘tdim va armiyaning so‘nggi pozisiyalari qulashi bilan Moskva baza rahbariyatidan 8 dekabr kuni kechqurun meni darhol Moskvaga evakuasiya qilishni so‘radim"
Asadning aytishicha, u dastlab Damashqdan Humeymimga yo‘l olgan. O‘sha yerda poytaxtning qurolli muxolifat nazoratiga o‘tganligi ma’lum bo‘lgan.
Bayonotda ta’kidlanishicha, "terrorchilar" hokimiyatni egallaganidan so‘ng prezidentning mamlakatda qolishi befoyda bo‘lgan.
Asadning so‘zlariga ko‘ra, uning Rossiyaga evakuasiya qilinishidan oldin armiya inqirozga uchragan va davlat institutlari falaj bo‘lib qolgan. Biroq u o‘z ta’kidiga ko‘ra, armiya va xalqdan voz kechmagan.