Toshkent viloyati Piskent tumanida 14 dekabr kuni to‘yi bo‘lgan yosh kelin-kuyov 15 dekabr kuni vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot xizmati bu xabarlarni tasdiqladi.
Ma’lumotga ko‘ra, 15 dekabr kuni 1995 yilda tug‘ilgan D.R. (erkak) qonuniy nikohdan o‘tmasdan yashab kelgan 1997 yilda tug‘ilgan S.A. (ayol) Piskent tumani, “Birlik” MFY, Bunyodkor ko‘chasi, 30-xonadonda vafot etgan.
Tergovga qadar tekshiruv harakati yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan bo‘lib, dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, shaxslarning vafoti noma’lum modda bilan zaharlanish, ichki a’zolarning venoz to‘laqonligi, miya va o‘pka shishishi aniqlangan.
Holat yuzasidan Piskent tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.