Bugun 8 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Gvardiola mavsum yakunlangach, "Manchester Siti"dan ketishga kelishib oldi

Gvardiola mavsum yakunlangach, "Manchester Siti"dan ketishga kelishib oldi

Xosep Gvardiola joriy mavsum yakunlangach, "Manchester Siti" bosh murabbiyligidan ketadi.

Topskills Sport UK xabariga ko‘ra, "shaharliklar" va ispaniyalik mutaxassis joriy mavsum yakunlangach, hamkorlikni to‘xtatish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishgan. Manchester klubining yangi ustozi lavozimiga asosiy da’vogar 1 yanvar kuni "Chelsi"dan iste’foga chiqarilgan Enso Mareskadir.

Italiyalik mutaxassis "Manchester Siti" falsafasini yaxshi biladi, chunki u "shaharliklar"ning yoshlar jamoasida ishlagan, keyin esa Gvardiolaning yordamchisi bo‘lgan. Hozircha "Manchester Siti" Mareska bilan muzokaraga kirishmagan, ammo aynan u Gvardiolaning o‘rniga asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.

Kiritildi: 23:43 05.01.2026. O'qildi: 838 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!