Xosep Gvardiola kelasi yili "Manchester Siti"ni tark etishi mumkin. Shartnoma mutaxassisni 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha "shaharliklar" bilan bog‘lab turadi, ammo kelasi yoz Gvardiolaning ketishi uchun ayni mos vaqt bo‘lishi mumkin, chunki tarkib shakllangan va Xosep o‘n yillik faoliyati davomida barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan.
The Times nashrining yozishicha, Gvardiola "Manchester Siti"ni tark etgan taqdirda yangi murabbiy tanlash bo‘yicha maslahat berishga tayyor bo‘ladi, biroq qarorni direktorlar kengashi qabul qiladi.
Manbaga ko‘ra, hozirda "Bavariya"da o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatayotgan Vensan Kompani klub ichida katta qo‘llab-quvvatlanmoqda. Shu bilan birga, "Manchester Siti"ning sobiq sardori yaqinda Myunxendagi shartnomasini 2029 yilning yarmigacha uzaytirdi.
Shuningdek, klubda "Marsel" ustozi Roberto de Dzerbining muxlislari ham bor. "Bornmut" bosh murabbiyi Andoni Iraola ham "shaharliklar" e’tiborida.