"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoada turli din vakillari bo‘lishi klubga foyda keltiradimi, degan savolga javob berdi.
"Shubhasiz. Jamoada bir-birini yaxshi ko‘radigan, hurmat qiladigan va birgalikda ishlaydigan xristianlar va musulmonlar borligi qanday yaxshi.
Muammo nimada? Muammolarni boshliqlar va prezidentlar keltirib chiqaradi. Agar biz ularga tayanadigan bo‘lsak, muammolarga duch kelamiz. Sivilizasiyani o‘zimiz yaratishimiz kerak. Biz nima qilishimiz kerakligini, bir-birimiz bilan kurashishimiz kerakligini aytadigan odamlarga tayanishimiz kerakmi?" — dedi Gvardiola.