Angliya futbol Assosiasiyasi kutilmagan qadam tashlashi va milliy terma jamoani boshqarish uchun "Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiolani taklif qilishi mumkin.
Bu haqda "The Independent" nashri ma’lumot tarqatdi.
Pepning "shaharliklar" bilan kelishuvi keyingi yozda o‘z nihoyasiga yetadi. Angliya terma jamoasini esa kuzda Millatlar ligasi o‘yinlari kutmoqda, keyingi yil mart oyida JCH-2026 saralash bellashuvlari start oladi.
Eslatib o‘tamiz, Yevro-2024 finalida Ispaniyaga mag‘lub bo‘lganidan keyin iste’foga chiqarilmagan Garet Sautgeyt kecha o‘z xohishiga ko‘ra terma jamoa boshqaruvidan ketgan edi.