"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaning yangi a’zosi, O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov haqida o‘z fikrini bildirdi.
20 yanvar dushanba kuni "Siti" "Lans" jamoasining 20 yoshli futbolchisi bilan 2029 yilning yoziga qadar shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
"Husanov Fransiya chempionatida o‘ynab, tez va qattiq o‘ynaydigan futbolchilar bilan muloqot qilishga allaqachon ko‘nikkan. Biroq, tabiiy ravishda, uning ingliz va fransuz tillarini bilishi yaxshi emas. Shu sababli, muloqot masalasi biz yechishimiz kerak bo‘lgan muammolardan biri bo‘ladi," - dedi Gvardiola matbuot anjumanida.