Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Gvardiola Husanovning «Manchester derbi»sida ishtirok etishi mumkinligiga ishora qildi

A A A
Gvardiola Husanovning «Manchester derbi»sida ishtirok etishi mumkinligiga ishora qildi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola juma kungi matbuot anjumanida jamoadagi kadrlar holati haqida gapirdi.

Yakshanba kuni «shaharliklar» «Manchester Yunayted»ga qarshi derbi o‘tkazadi.

«Marmush Misr terma jamoasidan jarohat bilan qaytdi. Ait-Nuri va Sherki ham maydonga tusha olmaydi. Stounsning ishtiroki savol ostida, lekin uning muammosi jiddiy emas. Qolganlar yaxshi holatda. Marmush? Testlar natijasini kutamiz, ammo o‘ylayman, uning tiklanishi bir necha hafta oladi. Keyingi terma jamoalar uchun tanaffusga qadar tayyor bo‘ladi», — dedi Gvardiola jurnalistlarga.

"Manchester Siti"ning jarohatlanganlar ro‘yxatida shuningdek Mateo Kovachich va Kelvin Fillips ham bor.

Shuningdek, avvalroq O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov ham jarohatlanganlar ro‘yxatida edi. Ammo keyinchalik uning o‘yinlarga tayyor ekani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi.

Kiritildi: 23:42 12.09.2025. O'qildi: 1141 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!