Bugun 21 fevral, 2025 yil, juma

КИР

Gvardiola "Bryugge"ga qarshi o‘yinda o‘ziga o‘zi jarohat yetkazdi

Gvardiola "Bryugge"ga qarshi o‘yinda o‘ziga o‘zi jarohat yetkazdi

Chempionlar ligasi umumiy bosqichining so‘nggi turida "Manchester Siti" Belgiyaning "Bryugge" klubiga qarshi bahs olib bordi. Birinchi bo‘limdan keyin 0:1 hisobida ortda borayotgan "shaharliklar" yakunda 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

The Sun nashri xabariga ko‘ra, "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘z jamoasidan juda xavotirda edi. Uchrashuv davomida ispaniyalik mutaxassis peshonasi va boshini tirnadi.

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida murabbiy "Feyenoord" bilan o‘yinda (3:3) yuzini tirnagandi. Nufuzli turnirning umumiy raund yakunlariga ko‘ra, "Manchester Siti" 22-o‘rinni egalladi. Gvardiola shogirdlari 11 ochko jamg‘arishdi. Jamoa endi pley-off o‘yinlarida ishtirok etadi.

Kiritildi: 16:02 30.01.2025. O'qildi: 840 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!