BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish G‘azo sektoridan 2500 ta bolani tezda evakuasiya qilish zarurligini aytdi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antoniu Guterrish, G‘azo sektoridan 2500 ta bolani tezda evakuasiya qilish zarurligini ta’kidladi.
Guterrish bu haqda X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida G‘azoda ishlayotgan to‘rtta amerikalik shifokor bilan uchrashuvdan so‘ng ma’lum qildi.
Ushbu uchrashuvdan juda ta’sirlanganini aytgan Guterrish, shifokorlarning o‘z jonini fido qilishini yuqori baholadi.
O‘zining xabarida Guterrish shunday dedi: «2500 bola G‘azodan tezda evakuasiya qilinishi kerak, davolash jarayonlari tugaganidan so‘ng esa ularni oilalariga va jamoalariga qaytarish lozim».