Bugun 7 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Guruh qo‘lga olindi

A A A
Guruh qo‘lga olindi

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi kurashish yo‘nalishida navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir chog‘ida Ishtixon tumanida yashovchi fuqarolar – 1992 yilda tug‘ilgan H.N., 1986 yilda tug‘ilgan E.X. hamda 1997 yilda tug‘ilgan K.B. oldindan jinoiy til biriktirib, mahalliy fuqaroga 1 kilogramm marixuana giyohvandlik moddasini 50 million so‘mga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozir ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 16:26 24.11.2023. O'qildi: 3252 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!