Bugun 9 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Gurlan tumanida belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan huquqbuzarga nisbatan 1 million 125 ming so‘m jarima qo‘llanildi

Gurlan tumanida belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan huquqbuzarga nisbatan 1 million 125 ming so‘m jarima qo‘llanildi

Xorazm viloyati prokuraturasi hamda viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Gurlan tuman bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan tungi ekologik nazorat reyd tadbirlari davomida fuqaro SH.I tomonidan belgilanmagan joyga chiqindi tashlaganlik holati aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 91 prim 1-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari ya’ni 1 million 125 ming so‘m jarima belgilandi.

Viloyatimiz bo‘ylab tungi ekologik nazorat reyd tadbirlari davom etmoqda.

Kiritildi: 00:50 08.01.2025. O'qildi: 499 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!