Bugun 4 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Gulistondagi portlash: qurbonlar oilasiga moddiy yordam beriladi

Gulistondagi portlash: qurbonlar oilasiga moddiy yordam beriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Gulistondagi gaz balloni portlashida jabrlanganlarga barcha zarur tibbiy yordam ko‘rsatilishini qat’iy nazoratga olishni topshirdi. Shuningdek, voqea sabablarini puxta o‘rganish va kelgusida bunday holatlarni oldini olish vazifasi qo‘yildi.

2 dekabr kuni umumiy ovqatlanish shoxobchasida gaz balloni portlashi natijasida 29 kishi jarohat olgan, 3 nafar fuqaro vafot etgan.

Prezident 4 dekabr kuni Sirdaryo viloyat shoshilinch yordam markazida bo‘lib, bemorlarning ahvoli bilan shaxsan tanishdi, oilalar bilan suhbatlashdi.

Kiritildi: Bugun 17:33. O'qildi: 276 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!