Bugun 13 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

Gulistonda bodikamerasi yo‘q YPX xodimi sabab avtofalokat sodir bo‘lgani rostmi?

A A A
Gulistonda bodikamerasi yo‘q YPX xodimi sabab avtofalokat sodir bo‘lgani rostmi?

19 fevral kuni ijtimoiy tarmoqda “Gulistonda bodikamerasi yo‘q YPX xodimi” sarlavhasi ostidagi video lavha tarqalgan edi. Video lavha O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB tomonidan o‘rganildi.

Aniqlanishicha,  joriy yilning 18 fevral kuni soat 21:00larda, Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, Bahor MFY, Toshkent yo‘li ko‘chasida, haydovchi A.A. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli hamda haydovchi D.A. boshqaruvidagi “Malibu” rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv natijasida, “Neksiya” rusumli avtomobil yo‘lovchisi U.X.ga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Guliston shahar IIO FMB YHXB S va QB xodimi N.Mamatqulov o‘z xizmat vazifasini yakunlab, xizmatda foydalanish uchun biriktirilgan bodikamera moslamasini navbatchiga topshirib, yashash xonadoniga ketayotgan vaqtda ushbu holatga duch kelgan.

Noma’lum fuqaro xodimni video tasvirga olib, savollar bera boshlagan. Xodim bodikamerasini topshirib yashash xonadoniga ketayotganligini, holatga befarq o‘tmasdan to‘xtaganligini aytishiga qaramasdan e’tiroz bildirib, tasvirga olishni davom ettirgan va video lavhani ijtimoiy tarmoqda tarqatgan.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB YHXB tomonidan qo‘shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 19:57 19.02.2021. O'qildi: 2277 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!