Gruziyalik og‘ir atletikachi Lasha Talaxadze 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiada o‘yinlarining 102 kilogrammdan yuqori vazn toifasida g‘olib bo‘ldi.
Klassik kombinasiyalangan bahsda Talaxadze 470 kg natija ko‘rsatdi. Kumush medal sohibi Armaniston vakili Varazdat Lalayan (467) bo‘ldi , kuchli uchlikni bahraynlik Gor Minasyan (461) yopdi .
Talaxadze 30 yoshda. Rio-de-Janeyro va Tokiodagi Olimpiya o‘yinlarida g‘olib chiqqan . U yetti karra jahon chempioni ham hisoblanadi.