Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Gruziyadagi kuchli bo‘ron bir kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

Gruziyadagi kuchli bo‘ron bir kishining o‘limiga sabab bo‘ldi

Kechadan beri Gruziyaning Batumi shahrida kuchli bo‘ron uylarning tomlarini uchirmoqda, deya xabar beradi Newsreadonline.

Bo‘ron nafaqat shaharni, balki Qora dengiz to‘lqinlarini ham larzaga keltirmoqda. U yerda 5 balli bo‘ron qayd etilgan.

Mahalliy aholining aytishicha, bunday tabiat hodisasi uzoq yillardan beri sodir bo‘lmagan. Havoda tom parchalari, uy-ro‘zg‘or buyumlari va hatto itlar uchib yurishibdi. Bo‘ron shahar infratuzilmasiga zarar yetkazgan, daraxtlarni ildizi bilan qo‘porib tashlagan, tomlar va reklama bannerlarini uchirib ketgan.

Mahalliy hokimiyat Fridon Xalvashi prospektidagi harakatni cheklashga majbur bo‘ldi. U yerda shamol ko‘p yillik evkalipt daraxtlarini qo‘porib tashlagan.

Batumi yaqinidagi Kobuleti shahrining Agmashenebeli ko‘chasida kuchli shamol tufayli avtomobil ustiga daraxt qulab tushdi va ichidagi bir yigit halok bo‘ldi. Ma’lumotni Batumi ichki ishlar vazirligi tasdiqladi. Kuchli shamoldan jabr ko‘rgan boshqa aholi haqida ma’lumot yo‘q.

Sinoptiklar Gruziya g‘arbida bunday ob-havo holati bir necha kun davom etishini taxmin qilmoqda.

Kiritildi: 22:36 29.03.2023. O'qildi: 1976 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!