Bugun 28 oktyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Gruziyada yangi hukumat tuziladi

 Gruziyada yangi hukumat tuziladi

Gruziyada muxolifat saylov natijalarini tan olishdan bosh tortganiga qaramay, yangi hukumat tuziladi — mamlakt bosh vaziri Irakliy Kobaxidze.

Kobaxidzening so‘zlariga ko‘ra, parlamentning hukumat tarkibi tasdiqlanadigan birinchi yig‘ilishi odatdagidek bo‘lib o‘tadi.

"Muxolifatda navbatdagi mag‘lubiyatni qabul qilish uchun kuch yetishmaydi. Uzoq yillar davomida ular hech qachon saylov natijalarini, undagi mag‘lubiyatlarini munosib qabul qila olmadilar. Muxolifat to‘qqizinchi marta mag‘lubiyatga uchradi... Konstitusiyaviy tuzilmaga qarshi har qanday urinish qabul qilinishi mumkin emas. Yana bir bor ta’kidlash joizki, bu holatda bir qator nodavlat notijorat tashkilotlar siyosiy va radikal partiyalar bilan birgalikda 4 yil ichida uchinchi marta Gruziya konstitusiyaviy tuzumiga qarshi chiqdi. Ammo bu zaif urinish", — deya munosabat bildirdi Kobaxidze.

Kiritildi: 21:21 27.10.2024. O'qildi: 276 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!