Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Gruziyada qozog‘istonlik haydovchi dori vositasi uchun 16 yilga qamaldi

Gruziyada qozog‘istonlik haydovchi dori vositasi uchun 16 yilga qamaldi

Gruziyadagi sud avtomobil aptechkasida og‘riq qoldiruvchi dori vositasini olib yurgan Qozog‘iston fuqarosini 16 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda Tengrinews.kz sinegor.kz nashriga tayanib xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Shuchinsk shahrida yashovchi yuk mashinasi haydovchisi aprel oyida Gruziyaning Poti portida qo‘lga olingan. Erkak kuchli bel og‘rig‘idan aziyat chekkani sababli o‘zi bilan birga kuchli ta’sirga ega og‘riq qoldiruvchi dori olib yurgan. Gruziyada ushbu preparat psixotrop va giyohvandlik moddalari qatoriga kiritilgan.

Haydovchi hibsga olingan. Uning turmush o‘rtog‘i besh oy davomida adolatga erishish va erini uyiga qaytarish uchun harakat qilgan. Vaziyatga Buravoy tumani hokimligi va prokuratura vakillari ham aralashgan.

Biroq dori vositasi bemorga Germaniyada shifokor tomonidan yozib berilganini isbotlashning imkoni bo‘lmagan. Qozog‘istonlikning yaqinlari sud hukmi ustidan apellyasiya shikoyati berish niyatida. Gruziya qonunlariga ko‘ra, buning uchun bir oy vaqt bor.

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilishicha, konsullik xodimlari fuqaroni saqlash joyida borib ko‘rgan, sud majlislarida ishtirok etgan, advokat topishga yordam bergan va uning qarindoshlari bilan aloqada bo‘lib kelgan. Vazirlik fuqaroga konsullik va huquqiy yordam ko‘rsatishni davom ettiradi.

Kiritildi: 08:48 11.10.2026. O'qildi: 871 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!